Romanoli: "Iguain nohaq edi"
12 noy 2018 14:20
Yangiliklar
Romanoli: "Iguain nohaq edi"
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli "Yuventus"ga qarshi A Seriyaning 12-tur uchrashuvida (0:2) hujumchi Gonsalo Iguain chetlatilgan vaziyat haqida fikr bildirdi.
83-daqiqada forvard bosh hakam Paolo Maccoleni bilan bahslar uchun chetlatildi.
"Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo bizda imkoniyat kam bo'ldi. "Yuventus" Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri.
Iguainga keladigan bo'lsak, u oshirib yubordi va nohaq edi. Buni Gonsaloning o'zi ham biladi" - deydi Romanoli.
Fikrlar