Romanoli: "Iguain nohaq edi"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 14:20
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli "Yuventus"ga qarshi A Seriyaning 12-tur uchrashuvida (0:2) hujumchi Gonsalo Iguain chetlatilgan vaziyat haqida fikr bildirdi.

83-daqiqada forvard bosh hakam Paolo Maccoleni bilan bahslar uchun chetlatildi.

"Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo bizda imkoniyat kam bo'ldi. "Yuventus" Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri.

Iguainga keladigan bo'lsak, u oshirib yubordi va nohaq edi. Buni Gonsaloning o'zi ham biladi" - deydi Romanoli.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com