Roman Pavlyuchenko: "Kanchelskisni APLda o'ynagan eng yaxshi rossiyalik deb topishgani adolatli"
17 apr 2020 06:34
Yangiliklar


Roman Pavlyuchenko: "Kanchelskisni APLda o'ynagan eng yaxshi rossiyalik deb topishgani adolatli"
"Tottenxem" sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko o'zining APL tarixidagi eng yaxshi rossiyalik legionerlar beshligiga kirgani haqida gapirdi.
Kanchelskis APL tarixidagi eng yaxshi rossiyalik legioner, Arshavin esa ikkinchi
"Ro'yxatda birinchi o'rinni Kanchelskis egalladi? U juda kuchli "Manchester Yunayted"da eng yaxshilardan biri edi. U chempion bo'lgan, u sovrinlar yutgan, shuning uchun ham uning birinchi o'rindaligi adolatdan.
Men bu ro'yxatda to'rtinchi ekanligimdan mamnunmanmi? Nima uchun yo'q? Men endi hech nimani o'zgartira olmayman-ku (kuladi)", - deya Pavlyuchenkoning so'zlarini keltirdi "Match TV".
Eslatib o'tamiz, Pavlyuchenko 2008 yildan 2012 yilgacha "Tottenxem" safida to'p tepgan. "SHporlar" tarkibida rossiyalik 78 o'yinda 21ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar