"Roma"ga "Yuventus" hujumchisi kerak
28 iyu 2019 18:28
Yangiliklar


"Roma"ga "Yuventus" hujumchisi kerak
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, argentinalik futbolchini rimliklarning yangi bosh murabbiyi Paulu Fonseka o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.
Qayd etish kerakki, "Roma" futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin.
31 yoshli hujumchi Argentinaning "River Pleyt" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2007-2013 yillarda Madridning "Real" klubida o'ynaganidan so'ng "Napoli" futbolchini sotib olgan. SHundan so'ng, turinliklar uni sotib olib, turli yillarda "Milan" va "CHelsi"ga ijaraga bergan.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar