"Roma" Sardor Azmunni "Bayer"dan to'liq sotib olishi mumkin, agar...
28 apr 2024 10:25
Yangiliklar
"Roma" Sardor Azmunni "Bayer"dan to'liq sotib olishi mumkin, agar...
"Roma"da ijarada o'ynayotgan eronlik hujumchi Sardar Azmun Rim klubining to'laqonli azosiga aylanishi mumkin.
Eronlik futbolchi ayni paytda "Bayer"ga tegishli. Rim klubida uni 12,5 million evroga sotib olish huquqi mavjud.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Roma" CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa bu transfer amalga oshishi mumkin. Klub ECHLga chiqishi uchun Italiya A Seriyasida kuchli beshlikka kirishi yoki Evropa ligasida g'olib bo'lish kerak.
Azmunning o'yini Rim klubi bosh murabbiyi Daniele de Rossiga yoqishi aytilmoqda.
Bu mavsum eronlik hujumchi A Seriyada 19 ta o'yinda 3 ta gol urdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar