“Roma” Pyanich bilan shartnomani 2018 yilga qadar uzaytirmoqchi
30 okt 2013 14:42
Yangiliklar


“Roma” Pyanich bilan shartnomani 2018 yilga qadar uzaytirmoqchi
“Roma” klubi rahbariyati, yarim himoyachi Miralem Pyanich bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor, deb xabar beradi italiyan OAV.
Takidlanishicha yangi shartnoma “Roma”ning bosniyalik futbolchisini klubda 2018 yilgacha olib qolar ekan. Pyanichning o'zi esa bu shartnomadan yiliga 2,8 million evro olishni ko'zlayapti.
“Roma” futbolchiga “Manchester Yunayted” tomonidan bildirilayotgan qiziqishni so'ndirish maqsadida, u bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Manbaning xabariga ko'ra “MYU” Pyanich uchun 30 million evro taklif etishni mo'ljallab turibdi.

Fikrlar