"Roma" Pastore bilan shartnomani bekor qildi va unga 4,5 mln evro to'laydi - ikki mavsumdan biri uchun maosh
31 avg 2021 14:04
Yangiliklar
"Roma" Pastore bilan shartnomani bekor qildi va unga 4,5 mln evro to'laydi - ikki mavsumdan biri uchun maosh
"Roma" xavbek Xaver Pastore bilan shartnoma bekor qilinganini elon qildi.
Tomonlar shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Pastorega shartnoma bo'yicha qolgan ikki mavsumdan birining maoshi to'lab beriladi - 4,5 mln evro.
Argentinalik Rim klubi tarkibida 2018/19 yilgi mavsumdan beri harakat qiladi. U bu vaqt davomida A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar