"Roma" o'z futbolchisini "Valensiya"ga taklif qildi
11 apr 2020 23:27
Yangiliklar
"Roma" o'z futbolchisini "Valensiya"ga taklif qildi
"Roma" "Valensiya"da ijara asosida o'ynayotgan Alessandro Florencini ispan klubiga sotib olishni taklif qildi.
Italiya klubi futbolchini 12 mln evroga baholadi. Florenci qishda "Valensiya" tomonidan ijaraga olingandi. Uning xizmatlariga "Yuventus", "Inter", "Sampdoriya" va "Kalyari" kabi klublardan ham qiziqishlar bo'lgandi.
Florenci "Valensiya" tarkibida 5 o'yinda qatnashdi. Fevral oyida u suvchechak kasali bilan og'rigandi.
Ushbu mavsumda u "Roma"da 18 o'yinda 1 assistentlikni qayd etdi.
Fikrlar