"Roma" MYU, "Siti" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchining narxini elon qildi
26 okt 2018 14:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459762_original.jpg)
![](/upload/storage/459762_220.jpg)
"Roma" MYU, "Siti" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchining narxini elon qildi
"Roma" yarim himoyachisi Jengiz Under yaqin vaqt ichida klubni tark etishi va Evropa grandlarining biriga o'tishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi xizmatlariga "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
"To'pchilar" 2018 yilning yozida Underni xarid qilmoqchi edi, "qizil iblislar" esa uni Aleksis Sanches o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Kataloniya klubiga Malkomning o'yini yoqmayapti va futbolchini turkiyalik xavbekka almashtirishi mumkin.
"Roma" Underga bo'lgan talabdan xabardor. "Bo'rilar" turkiyalik futbolchini 50 mln evroga baholadi. Klubdagilarning fikricha, bu narx Under o'rniga sifatli futbolchi topish mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar