"Roma" matbuot xizmati "Udineze" bilan o'yinda tobi qochgan futbolchisining holi haqida malumot berdi
15 apr 2024 16:25
Yangiliklar


"Roma" matbuot xizmati "Udineze" bilan o'yinda tobi qochgan futbolchisining holi haqida malumot berdi
Rim klubi matbuot xizmati "Udineze" bilan Italiya chempionati 32-tur uchrashuvida o'zini yomon his qilgan himoyachi Evan N'Dikaning salomatligi xususida xabar chop etdi.
"Jamoa N'Dikani ko'rgani kasalxonaga bordi. Evan o'zini yaxshi his qilmoqda va kayfiyati yaxshi. U shifokorlar nazorati ostidagi keyingi tekshiruvlar uchun shifoxonada qoladi", – deyiladi klub xabarida.
Kecha "Roma" himoyachisi Evan N'Dika o'yin vaqtida o'zini yomon his qilib, yiqilib tushdi, ammo u sheriklariga ko'krak qafasidagi og'riq haqida xabar berishga ulgurdi. Bu holat 32-tur doirasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlanishiga 18 daqiqa qolganida sodir bo'ldi.
Voqeadan keyin jamoalar va hakam o'yinni boshqa safar tugatib qo'yishga kelishib olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar