"Roma" jarimaga tortildi
04 iyu 2023 21:12
Yangiliklar
"Roma" jarimaga tortildi
UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun "Roma"ni jarimaga tortdi.
Rimliklar 28 mln evrodan ko'proq bo'lgan qarzlarni to'lashga ulgurmadi. Qarz to'lashning so'nggi kuni sifatida 30 iyun kuni belgilangandi.
"Bo'rilar"ni jiddiy jazolar, shu jumladan, evrokuboklardan chetlatish ham variantlari ko'rib chiqilgandi. Yakunlangan mavsumda Rim klubi A Seriyani 6-o'rinda yakunladi.
Bunga qadar jamoa ustozi Joze Mourinyu Italiya chempionati yangi mavsumining dastlabki turlarida ishlash imkoniyatidan mosuvo bo'lgandi.
Fikrlar