"Roma" bosh direktori: "SHomurodovning ulkan salohiyati bor. U Mourinyu taktikasiga mos tushadi"
03 avg 2021 13:10
Yangiliklar
"Roma" bosh direktori: "SHomurodovning ulkan salohiyati bor. U Mourinyu taktikasiga mos tushadi"
"Roma" bosh direktori Tiagu Pintu "Jenoa"dan xarid qilingan Eldor SHomurodov transferi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eldor – yuqori salohiyatga ega futbolchi. U o'ziga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan ligada muvaffaqiyatli ishtiroki bilan "Roma"da o'zini ko'rsatish niyatida.
Ishtiyoq va SHomurodovning imkoniyatlari murabbiyimiz Joze Mourinyuning o'yin uslubiga ham mos keladi. SHuning uchun ham biz SHomurodovni klubda ko'rishdan xursandmiz", – dedi Pintu.
Fikrlar