"Roma" bilan o'yinda "Milan"dan kimlar maydonga tusholmaydi?
06 jan 2022 20:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/676538_original.jpg)
![](/upload/storage/676538_220.jpg)
"Roma" bilan o'yinda "Milan"dan kimlar maydonga tusholmaydi?
Eldor SHomurodov to'p tepayotgan "Roma" bugun Milanda mehmon bo'ladi.
A Seriya 20-turi doirasidagi uchrashuvni "rossonerilar"ning quyidagi futbolchilari o'tkazib yuboradi. Bugun Stefano Pioli 11 nafar shogirdining xizmatidan foydalana olmaydi: Simon Ker, Petro Pellegri, Alessandro Pliccari, CHiprian Teterushanu, Alessio Romanoli, Davide Kalabriya, Samu Kachtilexo, Fikayo Tomori, Frank Kesse, Ismael Bennaser, Fode Ballo-Ture.
"Milan"dagi yo'qotishlar asosan jarohat va koronavirus bilan bog'liq. SHuningdek, 3 nafar futbolchi (Kesse, Ballo-Ture va Bennaser) Afrika millatlar kubogida qatnashish uchun terma jamoalari ixtiyoriga jo'nab ketgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar