Roy Kin: "Fergyuson Bekxemga 7 raqamni berishni istamagan"
08 okt 2014 17:38
Yangiliklar


Roy Kin: "Fergyuson Bekxemga 7 raqamni berishni istamagan"
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin yangi avtobiografiyasida, Aleks Fergyuson Erik Kantona ketganidan so'ng 7 raqamni Devid Bekxemga berishni istamaganini malum qildi.
Ammo u "Real"ga ko'chib o'tgunicha o'sha raqam ostida o'ynagan.
"MYUda etti etiborli raqam edi. Erik Kantona jamoadan ketganidan so'ng, kim yangi sardor bo'lishi so'roq ostida qolgandi. Ammo bundan tashqari ettinchi raqam muammosi ham bor edi. Fergyuson meni xonasiga chaqirib ettini menga topshirmoqchi bo'ldi. Men esa shunday dedim: "Yo'q, rahmat, istamayman". Keyin u shunday javob qaytargan: "Bilaman, Bekxem bu raqamni olmoqchi, ammo unga ettinchi raqamni berishni xohlamayman" - deydi Kin.

Fikrlar