Rodrigo: "Real" asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlayman va bu uchun ishlayapman"
11 avg 2022 14:03
Yangiliklar


Rodrigo: "Real" asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlayman va bu uchun ishlayapman"
Rodrigo "Real"ning asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlashini aytdi.
"Ayntraxt" (2:0) bilan Evropa Superkubogi uchun bahsda 21 yoshli braziliyalik hisob 2:0 bo'lib turgan paytda, 67-daqiqada maydonga chiqdi.
"Jamoaga ko'p yordam bera olishimni va ko'proq o'ynash olishimni bilaman – faqatgina biz hiosbda ortda borayotgan va kambek kerak bo'lgan paytda emas.
Asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlayman va bu uchun ishlayapman. Agar o'zimning eng yaxshi futbolimni ko'rsatsam, menda barcha imkoniyatlar [dastlabki daqiqalardan chiqish] bo'ladi", – deydi "Real" vingeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar