Rodrigo Palasio: “Faoliyatimni “Inter”da tugatishni istardim”
01 noy 2013 15:35
Yangiliklar


Rodrigo Palasio: “Faoliyatimni “Inter”da tugatishni istardim”
“Inter” klubi hujumchisi Rodrigo Palasio, jamoada faoliyatining oxirigacha qolish istagini bildirdi.
- Faoliyatimni “Inter”da tugatishni istardim, menga bu jamoa juda yoqadi. Amaldagi shartnomamni tugashiga bir yildan ko'proq vaqt qoldi. Yaqin kunlarda esa yangi shartnomani muhokama qilamiz, - Palasioning so'zlarini keltiradi Sky Italia.

Fikrlar