Rodjers: "Yunayted"ga rad javobini berish juda qiyin" Yangiliklar

Rodjers: "Yunayted"ga rad javobini berish juda qiyin"

"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rodjers "Manchester Yunayted"ning jamoa yarim himoyachisi Jeyms Meddisonga qiziqishi haqida gapirdi.

"Liverpul"da ishlaganim omadim. SHu sabab bunday klublarning o'ziga tortishi nima ekanligini bilaman. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" ayni paytda ikkita eng katta klub. Albatta, boshqa yaxshi jamoalar ham bor, lekin yuqoridagi ikki klub jahon miqyosidagi mavqeyi jihatdan hammadan yuqorida turadi. Ularga etib olishga harakat qilishmoqda, ammo hozircha ular boshqa darajada.

SHu sabab har safar o'yinchi bunday klubga o'tish imkoniyatiga ega bo'lganda, uni bu qadamni tashlashdan qaytarish qiyin. Keling, yaxshisi vaziyatga real qaraymiz va tomonlarning moliyaviy ahvolini ham unutmaylik. Bularning bari o'yinchini ushlab qolishga imkon qoldirmaydi. Lekin, men ularning tanlovini tushunaman va buni normal qabul qilaman", - dedi Rodjers.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика