Robin van Persi - Grinvud haqida: "18 yoshimda bunday zo'r bo'lmaganman"
16 avg 2020 17:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587055_original.jpg)
![](/upload/storage/587055_220.jpg)
Robin van Persi - Grinvud haqida: "18 yoshimda bunday zo'r bo'lmaganman"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Robin van Persi 18 yoshida Meyson Grinvud kabi yuqori darajada bo'lmaganligini aytdi.
"Uning o'yinlarini ko'rsam, yuzimda tabassum paydo bo'ladi. Uning hujumni yakunlash instinkti shunchaki super. Grinvud endigina 18 yoshda! Uning yoshida men bunday o'ynay olmaganman, buncha gol urmaganman.
Sulsher Meysonni jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylantirishni istamoqda. Buni barcha istaydi. Futbolchi doimo murabbiyidan maqtov eshitishni yaxshi ko'radi. Sulsher esa Fernandesh, Pogba, Reshford, Marsyal atrofida tanqid ishlatmayapti. Bu ham futbolchiga kuch beradi.
"Hozir Sulsher jamoasi o'yinni qattiq nazorat qilmoqda, to'p bilan bo'lib, barqarorlik ko'rsatmoqda. Sovrin uchun shunday ishlash kerak. Ayni damda jamoa oldingidan ko'ra barqaror o'ynamoqda. Buni esa ushlab qolish kerak", - dedi van Persi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)