Roberto Martines Italiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
03 iyu 2021 08:51
Yangiliklar
Roberto Martines Italiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Italiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Juda hafamiz. CHuqur qayg'udamiz. Bunday futbolchilar bunday mag'lubiyatga loyiq emaslar.
Italiya birinchi bo'limda o'yinga juda moslashib oldi. Biz qarshi hujumda ularga xavf sola oldik. Ikkinchi taymda esa biz rang-barang o'yin ko'rsatdik, hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi gol bizga yaxshigina kuch bergan bo'lardi.
Ammo men xech kimni ayblamoqchi emasman.
Terma jamoada qolamanmi? Hozir bu qiyin savol, men juda hafaman. Hislarga berilgan holda gapirib tashlashni istamayman. Bunday o'yindan so'ng ushbu masalani ko'tarishga hali erta", - dedi Martines.
Fikrlar