Roberto Martines: "Everton"ning zarbalari faqat ustunga tegdi, "Dinamo"niki esa fantastik tarzda darvozamizga kirib ketaverdi"
20 mar 2015 14:16
Yangiliklar


Roberto Martines: "Everton"ning zarbalari faqat ustunga tegdi, "Dinamo"niki esa fantastik tarzda darvozamizga kirib ketaverdi"
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martines Evropa ligasi 1/8 final uchrashuvida Kievning "Dinamo"sidan uchralgan mag'lubiyatdan (2:5) so'ng, maydondagi holat hisobga to'g'ri kelmasligini takidladi.
"Uchrashuv juda og'ir o'tdi. O'yinni o'z uslubimizda boshlaganimiz yo'q, shu sababli tezda gol o'tkazib yubordik. Ammo bundan so'ng hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Hammasi reja bo'yicha ketayotgandek tuyulayotgandi , lekin juda ko'p gollar urilib ketdi. "Dinamo"ning ijobiy ruhiyati hal qiluvchi omil bo'ldi. Afsuski biz o'zimizga kela olmadik. Ammo raqib bizdan kuchli edi deya olmayman. 5:2 hisobi maydondagi o'yinga mos bo'lmadi. Bizning zarbalar faqat ustunga tegdi, raqibniki esa fantastik tarzda darvozamizga kirib ketaverdi. Aynan shu jihat bo'yicha "Dinamo" bizni mag'lub etdi" - deydi Martines.

Fikrlar