Roberto Martines: “Er yuzidagi eng baxtli odamman”
07 iyu 2018 02:31
Yangiliklar
Roberto Martines: “Er yuzidagi eng baxtli odamman”
Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines JCH-2018 chora finalida Braziliya termasi (2:1) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
“Biz raqibdan taktik jihatdan ustunroq bo'lishga intildik. Ammo Braziliyaga qarshi to'p teparkansan, hech bir jihatdan oson bo'lmaydi. Axir ular besh marta Jahon chempionatini yutishgan. Ularga nisbatan mardlarcha harakat qilish lozim. Futbolchilarimiz biroz tavakkal qilishdi. Biz Neymar, Koutino va Marseloga o'yin bermasligimiz lozim edi. Yigitlarimiz o'z poziciyalarida belgilangan vazifalarini bajarishdi.
Bugun men er yuzidagi eng baxtli insonman. Bu taktik o'yin emas, balki chin dildan, ishonch bilan o'ynalgan o'yin bo'ldi. Belgiyada barcha bugun futbolchilar bilan faxrlanadi va g'alabani xursandchilik bilan nishonlaydi”, deydi Martines.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar