Roberto Manchini: "Stadionda Italiya va Ispaniya muxlislari bo'lmasligi - adolatsizlik!"
06 iyu 2021 22:37
Yangiliklar
Roberto Manchini: "Stadionda Italiya va Ispaniya muxlislari bo'lmasligi - adolatsizlik!"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 yarim final o'yinlariga xorijlik muxlislik kiritilmasligidan norozi.
"Ochig'ini aytadigan bo'lsak, bu juda adolatsiz qaror. Yaxshisi o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynashimiz kerak edi. Qancha ko'p muxlis bo'lsa, shuncha yaxshi.
Stadionda Italiya va Ispaniya muxlislari bo'lmasligi esa - shunchaki adolatsizlik!", -deydi Roberto Manchini.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Britaniya hukumati muxlislar tashrifi borasidagi qarorini yumshatishni rad etgandi.
Fikrlar