So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  4 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  9 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  738 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  155 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

Roberto Manchini: “Jamoa mavsumlar oralig'ida o'sishga erisha oladi” Yangiliklar

Roberto Manchini: “Jamoa mavsumlar oralig'ida o'sishga erisha oladi”

Transferlar oynasi hali ochilmadi, lekin bir qator klublarning unda faollik ko'rsatishi taxmin qilinmoqda.


“Inter” ham shu jamoalardan biridir. SHu munosabat bilan “Sky Sport” telekanali ijodkorlari milanliklar ustozi Roberto Manchinidan jamoaning yozgi transferlar uchun rejalari to'g'risida ko'pchilikni qiziqtirgan savollarga javob olishdi. “Volfsburg”dan xorvatiyalik Ivan Perishichning “Inter” safiga qo'shilishi shu kunlarda muhokama qilinyapti. Suhbat Perishich yuzasidan savol bilan boshlandi.


- Perishich bilan shartnoma imzolashga hozirlanyapsizmi?

- Bilmayman. Uni ko'plab klublar tarkibiga qo'shib olmoqchi. “Volfsburg” esa u bilan xayrlashishni xohlamayapti. 8-9 nafar futbolchini sotib olish haqidagi gaplar shunchaki hazil edi.

- Jamoani keskin o'zgarishlar kutmoqdami?

- Mendan so'rashganda 10 nafar futbolchi kerak deb aytmaslik uchun 8-9 nafar deya javob bergandim (kuladi).

- Kovachich yuqori saviyali futbolchimi yoki shunchaki yaxshi?

- U yuqori saviyali futbolchiga aylanadi. Unda buning uchun barcha jihatlar mavjud. Uning xatolari hali juda yosh ekanligi tufayli bo'lyapti. SHu bilan birga xarakter tarafdan ancha o'sishga erishdi.

- Kovachich jamoada qoladimi?

- O'ylashimcha, ha. Hozirgi paytda boshqa scenariy yo'q.

- “Inter”ni keyingi mavsumda qanday ko'ryapsiz?

- Ushbu mavsumda bo'lganidan keskin o'zgarishlar bo'lmaydi deb o'ylayman. Ko'p narsa kuchayishga bog'liq. Oson bo'lmagan transfer oynasi kutilmoqda. Hozir yuqori saviyali o'yinchilar juda ko'p emas. Bunday futbolchilarga ega klublar ular bilan xayrlashishni istashmaydi. Kerakli o'yinchilarni topish uchun faol harakat qilish lozim bo'ladi.

- Himoyada o'zgarishlar bo'ladimi?

- Yanvarda bir himoyachini qo'shib olganmiz. “Inter” uni kuzatib borgandi. U yaxshi tezlikka ega va jamoani kuchaytiradi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Hozir kim sotib olinishini tasdiqlash qiyin.

- Yarim himoyani kuchaytirish ustida ish olib borilyaptimi? Ture bilan bog'liq omadsizlik va Melo hamda Kondogbiya bilan bog'liq holatga izoh bera olasizmi?

- Bu futbolchilarga transferlar bozorida talab katta. Ular bilan faqatgina biz qiziqmayapmiz. Nimani amalga oshirish nasib etishini ko'ramiz.

- “Inter” nima uchun siz kelgandan keyin kuchayib keta olmadi?

- O'ylashimcha, o'yinda bazi kuchayishlarni uddaladik. Afsuski, bu natijalarda aks etmadi. Jamoa ko'plab zarur bo'lmagan xatolarga yo'l qo'ydi. “Yuventus” va “Jenoa” bilan uchrashuvlarda g'alaba qozonganimizda barchasi boshqacha ko'rinish olardi. SHu bilan birga jamoa amalga oshirgan ishdan qoniqish hosil qildim. Kelasi mavsumda o'yinimizda xatolar sonini imkoni boricha kamaytirishimiz kerak bo'ladi.

- Klub etakchi futbolchilardan kimnidir sotib yuborishga majbur ekanligi rostmi? Aynan kimni?

- Bunga zarurat bor deb o'ylamayman. Hozir barcha futbolchilar mening nazoratim ostida. Bunday tavakkalga bormasak kerak.

- Jamoaga skudetto uchun kurashishga nimalar zarur?

- Skudetto uchun kurashishga urinib ko'ramiz. Hozirgi tarkib bilan ham kurashishga imkoniyat mavjud. Jamoa o'sishga erishdi va mavsumlar oralig'ida yanada rivojlanishi mumkin.

- Mixaylovichga qarshi derbi qanday bo'ladi?

- SHubhasiz, noodatiyroq bo'ladi. Men u “Milan”ni boshqarishidan xursandman. Sinisha hozir “Milan”dek buyuk jamoani boshqarish uchun etarlicha tajribaga ega.

- Ibragimovichni “Inter”ga qaytargan bo'larmidingiz?

- U hamon o'yin taqdirini bir o'zi hal qilishi imkoniyatiga ega. Albatta, qaytargan bo'lardim.

- SHakiri foydasiga qaror qabul qilganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Yo'q. U yaxshi saviyadagi futbolchi. Bazida o'yinchilarga yangi jamoaga ko'nikib ketish uchun vaqt kerak bo'ladi. SHu sababli omadli va omadsiz o'yinlar ro'y berib turadi.

- Moratti qachondir “Inter”ni o'ziga qaytarishi mumkinmi?

- Bilmayman. Uning orzusi? Ko'p yillar davomida u prezidentlik qildi. Barcha sovrinlarga ega chiqdi. SHunchaki bilmayman.

- Italiya terma jamoasini boshqarish xohishi bormi?

- To'g'risi, bilmayman. SHubhasiz, bu katta faxr bo'ladi. Terma jamoani boshqarish barchaga ham nasib etmaydi. Qachondir uni boshqarsam, bundan xursand bo'laman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика