Roberto Karlos: “Xiddinkdek omadli murabbiy bo'lmoqchiman”
18 noy 2013 15:50
Yangiliklar


Roberto Karlos: “Xiddinkdek omadli murabbiy bo'lmoqchiman”
“Sivasspor” klubi bosh murabbiyi Roberto Karlos, qanday qilib o'yindagi faoliyatini yakunlab, murabbiylikni boshlagani xususida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Futbolda o'rgangan va bilgan barcha narsalarim bir kun emas birkun meni murabbiylik sari etaklashini yaxshi bilardim. Men “Anji”da 10 ta o'yin davomida o'yindagi murabbiy bo'ldim. Ammo keyinchalik bu ishga o'zimni to'liq bag'sh etishni istadim. Bunday qarorga kelganimdan yanada baxtiyorman.
Gus Hiddink haqiqatdan ham menga ko'p narsalarni o'rgatdi. “Anji”da biz har kuni suhbatlashar edik. Biz u bilan qiyin vaziyatlardan birgalikda o'tib keta oldik. U har doim futbolchilarga nima kerakligini yaxshi bilardi.
Xidding ajoyib ustoz edi. Men ham Xiddinkdek omadli murabbiy bo'lishga umid qilaman”, - deya takidladi Karlos

Fikrlar