So’nggi yangiliklar

14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  2 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  15 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  9

Robert Varela: "Qirg'izistonga qarshi finalga teng o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Robert Varela: "Qirg'izistonga qarshi finalga teng o'yin bo'ladi"

Teglar :  FutzalRobert Varela
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati doirasidagi Iroq - Avstraliya o'rtasidagi o'yindan so'ng Robert Varela matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
“Biz kutgan voqealar yuz berdi. Iroqni o'rganib chiqdik. Raqib biz kutgachalik qarshilik ko'rsatdi. Ammo mening shogirdlarim ham yaxshi o'ynashdi. Qirg'iziston Yaponiyani 6:2 hisobida mag'lub etganini eshitdim. Demak ertaga Qirg'izistonga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi”, - deydi Varela.

- Kechagi mag'lubiyatdan so'ng shogirdlaringiz sizni qanchalik hayron qoldira olishdi?
- Bugun juda yaxshi o'ynadik. Yoki bugun yoki hech qachon degan shior bilan maydonga tushdik. Jamoam uchun katta xursandman.

- Yaponiya terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmagani murabbiy sifatida sizni hayron qoldirdimi?
- Migel Rodrigoni juda yaxshi bilaman. U bilan tanishmiz. Maydonda raqib bo'lsak ham hayotda yaqin do'stmiz. Albatta uning uchun xafaman. Undan ko'p narsa o'rganganman. Barchaning oldida Rodrigoga rahmat aytaman.  Ammo tablodagi hisob Qirg'iziston kuchli o'ynaganini ko'rsatib turibdi.

- Ertangi o'yindan oldin Avstraliya favoritmi?
- Biz Iroqni 5:3 hisobida mag'lub etdik, Qirg'iziston esa Yaponiyani 6:2 hisobida taslim qildi. Buning o'zi ham musobaqada reyting yoki favoritlar rol o'ynamayotganini anglatadi. Ertaga finalga teng o'yin bo'ladi. Finalda favorit bo'lmaydi. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan boshlanadi, kim ertaga yaxshiroq o'ynasagina o'sha jamoa yutadi. Reyting tarixda qoladi, ertaga esa yangi tarix yaratiladi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика