Robert Varela: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"
19 fev 2016 18:31
Yangiliklar
Robert Varela: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati doirasidagi Avstraliya - Qirg'iziston o'rtasidagi o'yindan so'ng Robert Varela matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun judayam baxtliman. Jamoam hozir ham g'alabani tantana qilyapti. Qirg'iziston terma jamoasi yaxshi o'ynadi, ammo bugun omad biz tomonda bo'ldi. Jamoam o'zi uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana oldi va g'alabaga erishdik. Uchrashuvdan oldin bahs finalga teng bo'lishini aytgan edim va haq bo'ldim. Himoyadagi tartibli o'yin tufayli jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Kolumbiya chiptasi bilan Avstraliya xalqini tabriklayman" - deydi murabbiy.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar