Robert Levandovski Myuller bilan birga o'ynayotganidan xursand
30 okt 2015 21:18
Yangiliklar


Robert Levandovski Myuller bilan birga o'ynayotganidan xursand
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski jamoadoshi Tomas Myuller haqida gapirib o'tdi.
"Atrofingda yaxshi futbolchilar yig'ilgan bo'lsa o'ynash oson. Tomas bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. U doimo harakatda. "Bavariya" - o'ziga hos bo'lgan jamoa. Bu erda kuchli futbolchilar ko'p. Ularning to'p oshirishlaridan so'ng gollar kiritish yanada osonlashadi.
Tomasga qaytadigan bo'lsak, u fantastik futbolchi. U bilan birga o'ynash ajoyib. Umid qilamanki, u bilan birga hali yanada yaxshi o'yinlar ko'rsata olamiz", - deydi futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar