Robert Levandovski: "Bavariya" bilan ECHLni yutishni orzu qilaman"
08 jan 2020 15:52
Yangiliklar


Robert Levandovski: "Bavariya" bilan ECHLni yutishni orzu qilaman"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski 2020 yildagi maqsadi haqida gapirdi.
"Operaciya yaxshi o'tdi, hech qanday muammo bo'lmadi. Hozir yakka tartibda mashg'ulotlar olib boraman, havotir olishga hojat yo'q.
Men chempionatdagi tanaffusdan so'ng bo'ladigan birinchi o'yinga qadar tayyor bo'laman.
"Bavariya" bilan Evropa chempionlar ligasini yutishni orzu qilaman. Qolaversa, Polsha terma jamoasi bilan Evro-2020da yaxshi ishtirok etmoqchiman", - Levandovski.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar