Robben jarohat tufayli "Barselona"ga qarshi birinchi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2015, 12:43
"Bavariya" bosh murabbiy Xosep Gvardiola "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvida yarim himoyachisi Aren Robbenni maydonga tushira olmaydi.

Gollandiyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Germaniya Kubogi yarim finalida jarohat oldi. Hozircha uning safga qaytish muddati ma'lum qilingani yo'q.

Yarim final uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi va penaltilar seriyasida omad dortmundliklarga kulib boqdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com