Robben: "Riberi bilan aloqalarimiz yaxshi, Gvardiola sababli esa o'sishga erishdim"

Aslanov Jasurbek
4 dek 2014, 12:46
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robbenning takidlashicha, u va Frank Riberi o'rtasida munosabat juda yaxshi.

"Bir marta xafalashib qolganmiz, bu kiyinish xonasida bo'lgan. Albbata, bu yomon, ammo hayot davom etadi va sen kechirimli bo'lishing kerak. Maydondagi bir-birimizni tushunib o'ynashimizdan rohat olyapman.

Gvardiolaning mehnatini maydonda ko'rish va uning ko'rsatmalarini eshitish juda qiziq. U doimo o'yinni rivojlantirishga harakat qiladi. Gvardiola "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishini xohlayman" - deydi Robben.

Eslatib o'tamiz, Riberi va Robben 2012 yilda "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvidan so'ng bir-biriga tashlangan. O'sha o'yinda francuz va golland jarima to'pini kim tepishi borasida bahslashib qolgan. Kiyinish xonasiga yo'l olishganda mushtlashib ketishlariga bir bahiya qoladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com