Robben: "Raqib o'ta himoyaviy o'yin ko'rsatdi"
02 apr 2014 02:54
Yangiliklar


Robben: "Raqib o'ta himoyaviy o'yin ko'rsatdi"
"Bavariya" vingeri Aren Robben o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Manchester Yunayted" o'ta himoyaviy o'yin ko'rsatdi. SHunga qaramay o'yinni yomon kechmadi. Raqib faqat qarshi hujumlarda harakat qilishga urindi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng hisobni tenglashtirganimizni hisobga olsak, natijani yomon deb bo'lmaydi. Keyingi haftada hammasini o'z joy-joyiga qo'yamiz.

Fikrlar