Robben: "Men jahonning eng kuchli klubidaman"
08 fev 2014 11:53
Yangiliklar

Robben: "Men jahonning eng kuchli klubidaman"
Gollandiyalik futbolchi Arien Robben "Bavariya" safida baxtli ekani va jamoani tark etish niyati yo'q ekanini aytib o'tdi.
"Men Myunxenni tark etishga chog'lanayotganim yo'q. "Bavariya"da juda ham baxtliman. Bizda ajoyib jamoa bor va bu jamoa bilan hali ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Bunga ishonchim komil. Qolaversa, ketishimga asos ham yo'q. Boisi dunyoning eng kuchli klubidaman va undan yaxshirog'ini topa olmayman ham. Menimcha, faoliyatimni, aynan, "Bavariya"da yakunlasam kerak", - dedi gollandiyalik yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Robben 2009 yilda Madridning "Real" jamoasidan "Bavariya" safiga ko'chib o'tgandi. SHundan beri u ikki marta Germaniya chempionligi, Germaniya kubogi, klublar o'rtasida jahon chempionligi va CHempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.

Fikrlar