Robben: "Bavariya"da hali uzoq qolmoqchiman"

24 okt 2014, 23:06
"Bavariya" vingeri Aren Robben jamoadan yaqin orada ketmoqchi emas.
Men boshqa chempionatda o'ynamoqchi emasman. Germaniyaga qadar Angliya va Ispaniya chempionatlarida ishtirok etganman. Men jamoamni almashtirishni rejalashtirmayapman. Bu masalani albatta "Bavariya" hal etadi. Ishonchim komilki, Myunxenda hali uzoq qolaman. Meni bu yerda hamma narsa qanoatlantiradi. "Bavariya"dek ajoyib jamoada o'ynayotganligimdan xursandman. Shuningdek, jamoani juda kuchli mutaxassis boshqarib bormoqda. Oilam ham bu yerda juda baxtli. Balki kelajakda APLga qaytarman. Lekin ayni paytda boshqa davlatga o'tishimning hech ham iloji yo'q.

Manba: soccer.ru