Robben “Bavariya” safida maydonga tushadimi?
11 apr 2019 23:40
Yangiliklar
Robben “Bavariya” safida maydonga tushadimi?
“Bavariya” yarim himoyachisi Aren Robben jarohati va keyingi rejalari haqida gapirdi.
“Bu yilgi mavsumda yana “Bavariya” tarkibida maydonga tusha olishimga ishonmayapman. Ochig'i qachonga maydonga tushishim haqida aniq malumot aytolmayman. Kelajagim? Men bir qator klublardan takliflar olayapman. Malum vaqt o'tib, yana mashg'ulotlarni davom ettirishni istayman” deydi Robben “Sky Germany”ga bergan intervyusida.
Aren 2009 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u “Real”, “CHelsi”, “PSV” va “Groningen” klublarida to'p tepgan.
Joriy mavsumda Robben Bundesligada 9 ta uchrashuv (7 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushgan. 35 yoshli futbolchi hisobida bu mavsumda 3 ta gol mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar