R.Martines: “De Bryuyne Messi va Ronaldu zabt etgan cho'qqiga chiqa oladi”
09 noy 2017 23:54
Yangiliklar


R.Martines: “De Bryuyne Messi va Ronaldu zabt etgan cho'qqiga chiqa oladi”
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning fikricha, terma jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Messi va Ronaldu saviyasida o'yin ko'rsata olishi mumkin ekan.
“Ishonamanki, De Bryuyne Ronaldu va Messi bilan bir xil saviyada o'zini ko'rsata oladi. Ular bir necha yildan buyon yuqori saviyada o'yin ko'rsatib, shu darajaga etishdi. Kevininng o'tgan mavsum va bu yili ko'rsatayogan o'yinlari uning darajasi o'sib borayotganidan dalolat. Bunday o'yinchilar kamdan-kam jamoada bor va har bir o'sib kelayotgan futbolchi haqida bu kabi fikrlar bildirish qiyin. Lekin de Bryuyne haqiqatanam yildan yilga o'yinini yaxshilab borayapti”, deya Martinesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN FC
O’xshash yangiliklar

Fikrlar