So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  5 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  8 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Rizo Ayvazov: "Neftchi" safida ko'plab gollar o'rmoqchiman" Yangiliklar

Rizo Ayvazov: "Neftchi" safida ko'plab gollar o'rmoqchiman"

Teglar :  Rizo AyvazovNeftchi
O'z vaqtida "Neftchi" jamoasi o'rinbosarlar safida faoliyat olib, keyinchalik Farg'ona shahrining "Istiqlol" jamoasiga ijara asosida o'tib ketgan Rizo Ayvazov yana "Neftchi" safiga qaytdi va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

1995 yil tavallud topgan hujumchi o'tgan mavsumni "Istiqlol" safida muvaffiyatli o'tkazdi. Misol tariqasida Ayvazov "Istiqlol" tarkibida 10 ta o'yin o'tkazib 17 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etib  yana "Neftchi" murabbiylarining etiborini tortdi. Rizo endilikda jamoadagi SHerzod Hakimov, Otabek Isroilov va Mo'ydin Mamazulumov kabi tajribali hujumchilar bilan bir jamoa safida o'ynaydi. Bu esa o'z-o'zidan Ayvazov uchun ko'p narsani anglatadi. Yosh hujumchi "Neftchi" PFK bilan shartnoma imzolaganidan so'ng jamoaning internetdagi rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

- "Neftchi" safida tajribali o'yinchilar yig'ilgan. Men ulardan ko'p narsa o'rganmoqchiman. Jamoaning har bir azosi singari men ham "Neftchi"ning g'alabalarida, salmoqli natijalarida o'z hissamni qo'shmoqchiman. Hali yoshman. SHunday ekan marrani kengroq olib MTJmiz vakili bo'lish uchun astoydil harakat qilmoqchiman.  O'zimdan ancha tajribali va mahoratli futbolchilar bilan mashg'ulotlar menga ko'p narsa beryapti. Raqobatdan qo'rqmayman. Sof raqobat bor joyda o'sish kuzatiladi. Andrey Fyodorov bilan gaplashdim. Murabbiy ko'p narsa o'zimga bog'liq ekanligini takidladi. Muxlislarga esa salomatlik tilayman. Ishqibozlar ham bizning jamoamiz azosi hisoblanishadi. Bejizga ularni 12-o'yinchi deyishmaydi, - dedi Ayvazov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика