"River Pleyt" Enco transferidan so'ng 34 mln evro ishlab oldi
01 fev 2023 16:23
Yangiliklar
"River Pleyt" Enco transferidan so'ng 34 mln evro ishlab oldi
"River Pleyt" Enco Fernandes "Benfika"dan "CHelsi"ga o'tishidan yirik summa oladi.
Lissabon klubi "CHelsi" 22 yoshli yarim himoyachi uchun 121 million evro to'lashini malum qildi. "River Pleyt" bu summaning 25 foizini oladi – 2022 yilning yozida Enconing "Benfika"ga o'tishi uchun shartlar shu edi.
"TyC Sports" jurnalisti Sezar Luis Merloning yozishicha, Enconing "CHelsi"ga sotlishi ortidan "River Pleyt" 30 mln evroga ega bo'ldi. Birdamlik to'lovi mexanizmi tufayli Argentina klubi yana 4 million evro oladi.
Enco – "River Pleyt" tarbiyalanuvchisi. 2022 yilning yozida "Benfika" Enconi 10+8 million evroga sotib oldi va keyingi sotuvlardan bir foiziga ega chiqadi.
Xavbek ushbu mavsum "Benfika" safida barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar