Rivaldo: "Yamal – "Barselona" uchun haqiqiy xazina"
07 fev 2025 11:39
Yangiliklar
Rivaldo: "Yamal – "Barselona" uchun haqiqiy xazina"
"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalning o'yini haqida hayrat bilan gapirdi.

"Uni allaqachon 25 yoshda deb o'ylaysiz va katta tajribaga ega futbolchiday o'ynaydi. Kelgusi mavsumda u 10-raqamli futbolkani olishini aytishmoqda. Individualligi orqali tez orada Evropa va jahonning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzod bo'lishi shubhasiz.
Men unga qoyil qolaman, o'yin uslubini yaxshi ko'raman. U "Barselona" uchun haqiqiy xazina, bu yigit o'zi erishgan barcha yaxshiliklarga loyiqdir. Kamtar ekani ko'rinib turibdi, shon-shuhrat yoki pul uni boshini aylantirolmaydi. Men shunday mentalitetga ega bo'lgan futbolchilarni juda hurmat qilaman", – dedi Rivaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar