So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Rivaldo: “Xaviga “Barselona”da oson bo'lmaydi, ammo...” Yangiliklar

Rivaldo: “Xaviga “Barselona”da oson bo'lmaydi, ammo...”

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Rivaldo jamoaning boshqa bir sobiq futbolchisi Xavining Kataloniya klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Kelajakda Xavining “Barselona”ga bosh murabbiy etib tayinlanishiga shubham yo'q. U nafaqat yaxshi inson, balki ajoyib xislatlarga ega murabbiy hamdir. Malum vaqt o'tib u “Barsa”ga murabbiylik qilishi lozimligini tushunib etadi va shogirdlari bilan o'zi to'p tepgan oltin avlod qayd etgan natijalarni takrorlashga urinadi. 

Bunday bosim ostida ishlash unga oson bo'lmaydi. CHunki undan ham Gvardiola singari yuksak natijalarni talab qilishadi. Xavi o'zi maydonda haqiqiy maestro edi. Uning qo'li ostidagi jamoa ham u to'p tepgan uslubda harakatlanishi aniq. 

Albatta, har qanday yuksak natijani qayta takrorlash oson ish emas. Unga o'zi tuzadigan taktik sxemaga mos keladigan futbolchilar kerak bo'ladi.

“Barselona”ga ustozlik qilishni hamma istaydi. Yuqori ambiciyalik jamoani boshqarish har qanday insonga masuliyat yuklaydi.

“Barselona”ga Xavi murabbiylik qilayotgan vaqtda ko'p narsa uning qo'li ostidagi futbolchilarning mahoratiga bog'liq. Unga kamida ikki-uch nafar kerakli futbolchini jamoaga jalb etib, tarkibni kuchaytirishi  va jamoani Gvardiola jamoasidek darajaga olib chiqishi uchun vaqt berish lozim bo'ladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика