Rivaldo: "Silva "Chelsi"ga o'tayotganidan xursandman"

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 11:43
"Bunyodkor" va Braziliya termasining sobiq futbolchisi Rivaldo himoyachi Tiago Silvaning "Chelsi"ga o'tayotgani haqida fikr bildirdi.

"Silvaning "Chelsi"ga o'tayotganini va klub bilan 2 yillik shartnoma imzolayotganini eshitdim. Bu ajoyib holat. "Chelsi" juda katta qadam tashladi.

Silva - eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri. Demak, "Chelsi" yaqin 2 yilda chempionlikka erishishi mumkin", - dedi Rivaldo.

Oldinroq Silva "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgani haqida ma'lumot bergandik. Yaqin kunlar ichida transfer rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal