Rivaldo: "Neymar "Barselona"dan kyetib xato qildi"

Aslanov Jasurbek
18 apr 2019, 17:19
"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldoning fikricha, hujumchi Neymar 2017 yilda Kataloniya klubidan PSJga o'tib adashgan.

"Neymar kyetib xato qildi, u buni tushunishi kerak. Futbolchi "Barselona"ga qaytishini istayman. Ammo bunday bo'lmasa, ispan futboli rivoji uchun "Real" Neymarni sotib olishini xohlardim" - deydi Rivaldo.

Neymar "Barselona" safida 186ta o'yin o'tkazib, 105ta gol urdi va 59ta golli pas berdi. 2017 yilning 3 avgust kuni u 222 mln. evro evaziga PSJga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero