Rivaldo: "Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Ronaldu ikkinchi. Neymar esa uchlikka kirmaydi"
28 avg 2019 18:21
Yangiliklar
Rivaldo: "Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Ronaldu ikkinchi. Neymar esa uchlikka kirmaydi"
"Hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi - Messi. Krishtianu Ronaldu - ikkinchi, uchinchi kim ekanligini bilmayman, ammo bu Neymar emas. Agar u Ispaniya chempionatiga qaytsa, kelasi mavsum kuchli uchlikka kirishi, xatto eng yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin.
U PSJga o'tib xato qildi, ammo qaytishini xohlayman. "Barselona" Neymar bilan CHempionlar ligasida kuchli jamoaga aylanadi. U xato qilganini bilamiz, biroq u gollar urishni boshlasa, hamma bu narsalarni unutadi.
Yaxshi futbolchilar uchun maydonda joy topiladi. Messi, Suares, Grizmann va Neymar birga o'ynashi "Barselona" foydasiga xizmat qiladi.
Agar u "Real"ga o'tsa, bu ham yaxshi qaror bo'ladi. "Barselona"da o'ynaganman va shu sababli u Kataloniya klubida o'ynashini xohlayman" - deydi Rivaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar