Rivaldo: "Barselona”ning asosiy maqsadi YCHL g'olibligi bo'lishi kerak”

18 sen 2018, 00:40
“Barselona”ning sobiq hujumisi Rivaldoning aytishicha, kataloniya klubi joriy mavsumda asosiy e'tiborni Li Liga bahslariga emas, balki YCHLga qaratishi lozim.

“Real” ketma-ket uch marta YCHLda g'olib chiqqach, La Ligada chempionlik bo'lish “Barselona” uchun u qadar ahamiyatli, deb o'ylamayman. Jamoa o'zi qatnashadigan birinchi raqamli musobaqada g'olib chiqishi futbolchilar va muxlislarga katta quvonch baxsh etadi. Shu bois “Barsa” Ispaniya chempionatini emas, balki Chempionlar ligasini yutish haqida ko'proq o'ylashi lozim. Kataloniyaliklarning guruh bosqichidan pley offga chiqishlari uchun qandaydir muammolar yuzaga keladi, deb o'ylamayman”, deya Rivaldoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca