Rivaldo: "Agar MYUda o'ynaganimda uning natijasida takrorlagan bo'lardim"
06 sen 2019 22:30
Yangiliklar
Rivaldo: "Agar MYUda o'ynaganimda uning natijasida takrorlagan bo'lardim"
Firmino APL'da 50ta gol urgan ilk braziliyalik futbolchiga aylangandi.
“Robertoni erishgan natijasi bilan tabriklashim kerak. Unda golni o'ziga xos his etish qobiliyati bor va u raqib maydonida juda aqlli harakat qiladi. Ehtimol, men «Manchester Yunayted»ga o'tganimda, shu kabi ko'rsatkichni takrorlagan bo'lardim. Albatta barchasi klubda o'tkazgan faoliyatga ham bog'liq. Biroq, men kreativ futbolchiga aylanib, nafaqat samarali uzatmalarni beribgina qolmay, balki, muntazam ravishda gol ura boshladim. «Barselona»dagi 5 mavsum davomida hisobimga 130ta gol yozdirib qo'yganman, shunday ekan nega endi Angliyada 50ta gol ura olmayman? O'ylashimcha, bu ishni amalga oshirishim uchun menga 4-5 mavsum kerak bo'lardi”, deya qayd etgan futbolchi.
Fikrlar