Risqullaev futbolchilikni tugatdi va hakamlikni boshladi
25 mar 2014 17:32
Yangiliklar


Risqullaev futbolchilikni tugatdi va hakamlikni boshladi
O'z vaqtida “Traktor”, “Paxtakor”, “So'g'diyona”, “SHo'rtan”, “Navbahor”, “Qizilqum”, “Nasaf” va “Dinamo” kabi klublarda to'p surgan markaziy himoyachi Ahrol Risqullaev bu yil oliy liganing hech bir klubida zayavkadan o'tmadi.
Bizga malum bo'lishicha, u (fotoda chapda) futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan va bundan keyin hakamlik ishi bilan shug'ullanmoqchi. 29 yoshli sobiq futbolchi o'zini dastlab qanot hakami sifatida sinab ko'rsa kerak. Agar omadi chopib yaxshi hakamlik qilsa, keyinchalik bosh hakam bo'lishi mumkin.

Fikrlar