Rioda muxlislarning stadionga qaytishiga ruxsat berildi
14 jan 2021 08:11
Yangiliklar


Rioda muxlislarning stadionga qaytishiga ruxsat berildi
Rio-de-Janeyroda sport musobaqalari vaqtida muxlislarning stadionga kirishlariga ruxsat berildi.
Unga ko'ra, epidemiologik vaziyat nisbatan xavfli bo'lgan hududlarga stadionning 10 foizigacha, xavf darajasi o'rtacha bo'lgan hududlarda esa 20 foizgacha to'lishiga ruxsat berilgan.
Stadionga muxlislar himoya niqoblari bilan kirishadi. Ular bir-biridan ikki metr uzoqlikda o'tirishadi. Ularga shuningdek joyni tark etmagan holda ichimliklar istemol qilishga ham ruxsat etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar