Rio Ferdinand: “Ronaldu hamon cho'qqida...”
08 noy 2019 22:31
Yangiliklar
Rio Ferdinand: “Ronaldu hamon cho'qqida...”
“Ronaldu hozir 34 yoshda va u hali hamon futbol cho'qqisining eng yuqorisida. U so'nggi 10 yillikda dunyoning ikkita eng yaxshi futbolchisidan biri. Krishtianu dunyodagi men bilgan mashhur futbolchilar orasida o'z jamoasiga ega ilk futbolchi.
Kunlardan bir kun men uning uyiga borganimda mehmonxonada 10 ga yaqin insonlarni uchratdim. Men undan bu odamlar kimligi va nimalar bilan band ekanligi haqida so'radim. U “bu mening bosh oshpazim, bu esa fizioterapevt, bu shifokor, bunisi esa personal murabbiyim” deya javob qaytardi.
U dunyoning eng kuchli futbolchisi sifatida MYUni tark etdi. Krishtianu to'g'ri yo'ldan ketayotgandi. Krishtianu va Lebron Jeyms o'z jamoasini yig'ish uchun katta pul sarflashdi. Ronaldu har tomonlama etuk futbolchiga aylandi va hozir ham yuksak saviyada o'yin namoyish etmoqda.
Agar yosh futbolchilar mendan maslahat so'rashsa, men ularga agar moliyaviy jihatdan yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lsangiz, Ronaldu singari o'zingiz uchun shaxsiy jamoa tuzishni maslahat bergan bo'lardim”, deydi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar