Rimda "Liverpul" muxlislariga armatura bilan hujum qilishdi
02 may 2018 12:56
Yangiliklar
Rimda "Liverpul" muxlislariga armatura bilan hujum qilishdi
"Roma"ga qarshi CHempionlar ligasi javob o'yinidan oldin Rimda "Liverpul" muxlislariga hujum qilishdi.
Malumotlarga ko'ra, 1 may kuni qizillarning 27 yoshli ishqibozi Karl Jonson 29 yoshli do'sti Piter Sanders bilan mehmonxonaga qaytayotganida nomalum shaxslar ularga armatura bilan hujum qilishgan. Bu voqea futbolga bog'liqmi yoki yo'q, malum emas, chunki yigitlarda "Liverpul"ning hech qanday kiyimi yo'q edi. Jonson va do'sti arzimas jarohat olishdi va qochib qolishga muvaffaq bo'lishdi.
Bir hafta oldin, "Liverpul" va "Roma" o'yinidan avval ingliz muxlisi SHon Koksga pichoq bilan hujum qilishgan edi.
Fikrlar