Rimda "Liverpul" muxlislariga armatura bilan hujum qilishdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2018, 12:56
"Roma"ga qarshi Chempionlar ligasi javob o'yinidan oldin Rimda "Liverpul" muxlislariga hujum qilishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 1 may kuni qizillarning 27 yoshli ishqibozi Karl Jonson 29 yoshli do'sti Piter Sanders bilan mehmonxonaga qaytayotganida noma'lum shaxslar ularga armatura bilan hujum qilishgan. Bu voqea futbolga bog'liqmi yoki yo'q, ma'lum emas, chunki yigitlarda "Liverpul"ning hech qanday kiyimi yo'q edi. Jonson va do'sti arzimas jarohat olishdi va qochib qolishga muvaffaq bo'lishdi.

Bir hafta oldin, "Liverpul" va "Roma" o'yinidan avval ingliz muxlisi Shon Koksga pichoq bilan hujum qilishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo