So’nggi yangiliklar

21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  0 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  0 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  25 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  14

Rim Imperatori - Totti haqida Yangiliklar

Rim Imperatori - Totti haqida

Italiya chempionatining 2016/2017 yilgi mavsumidagi so'nggi tur o'yini - "Jenoa"ga qarshi bahsda "Roma"ning afsonaviy futbolchisi, Rim Imperatori - Totti futbolchilik faoliyatini tugatdi.


Bundan 28 yil avval Rim shahridagi xonadonlarning birida eshik qo'ng'irog'i jaranglaydi. Forella xonim esa eshikni ochadilar.

Eshik oldida esa bir qator selekcioner murabbiylar, sport rahbarlari turishadi. Lekin ularning hech biri "Roma"dan bo'lishmaydi. Qizil va qora kiyimga burkangan bu insonlar "Milan" jamoasidan bo'lishadi. SHunda Forella xonim o'g'lini "Milan"ga berishni istamaydi va eshikni tezda yopadi. Totti o'sha paytda Italiyaning eng mashhur jamoalaridan birida o'ynab, katta pul ishlab topishi mumkin edi. Lekin Forella xonim uchun katta pullardan ko'ra, "Roma"ga bo'lgan mehr va sadoqat kuchlilik qiladi.
Totti esa oilaviy qadriyatlar, ananalar va odatlarni juda qattiq hurmat qiladi.
Totti uchun oila - hamma narsadan ustun.
Rim va "Roma" Totti uchun chinakamiga oilaga aylanadi.


Rimlik har bir bolakayni oldida ikkita yo'l turadi: "Roma" yoki "Lacio". Lekin biz hozir gapirayotgan qahramonimiz oldida bu tanlov bo'lmaydi. Uning oilasidagilar uchun faqat bitta yo'l - "Roma" turardi.

Tottining bobosi "Roma"ning ashaddiy ishqibozi bo'ladi. Lekin qahramonimiz bobosi juda yaxshi eslay olmaydi. CHunki Tottining yoshligida uning bobosi vafot etadi. SHu boisdan ham Totti bobosini eslab qola olmaydi. Lekin bobosi nabirasiga yirik sovg'a qoldiradi. Yani, bu oilada "Roma"ga muxlislik qilish haqiqiy oilaviy anana va odatga aylangan bo'ladi. "Roma"ga ishqibozlik qilish bu avloddan-avlodga o'tib keladi. Totti ham bobosi va otasidan ruhlanib, "Roma"ning ashaddiy muxlisiga aylanadi. Tottilar oilasi uchun "Roma" bu klubdan ham ko'ra kattaroq ahamiyatga ega nom hisoblanadi.


Franchesko Tottini yoshligida San-Jovanni hududida hech kim to'psiz ko'rmagan. Totti ushbu tumanning barcha hududlarida to'p bilan yugurib katta bo'lgan. Totti yoshiligidan futbolni shunchaki o'yindan ko'ra ko'proq sevgan va bu sport turiga mehr qo'ygan. Keyinchalik esa futbol nafaqat qiziqish, balki kasbga aylanadi.
Tottining xonasidan o'sha paytdagi "Roma"ning sardori, Rimning erka bolasi hamda Francheskoni kumiri - Janninining gazetalarda chop etilgan suratlari va bir qator portretlari joy olgan.


Totti 13 yoshni qarshilaganida unga "Roma"dan taklif kelib tushadi. Nihoyat barcha kutgan voqea sodir bo'ladi. 1989 yili Tottini sariq-qora rangli futbolka ko'tardi.
Tottini futbolchi bo'lishida va uni shu darajaga chiqishida uning oyisi Forella xonimning xizmatlari beqiyos. Forella xonim Tottini juda ehtiyot qilardi. Hozir ham bu ishni davom ettirmoqda. Forella xonim Tottini yoshligida har kuni futbol bilan shug'ullanishi uchun juda ko'p qiyinchiliklarni engib o'tgan. Tottini hozirgi darajasiga chiqquniga qadar Forella xonim ko'rgan qiyinchiliklarni tasavvur qilish mushkul.
Totti ham onasining bu ishini juda qadrlaydi. Kichkina Tottining mashg'ulotlarga olib borib, mashg'ulotlar tugashini 2-3 soat kutish Forella xonimning kundalik hayotidan o'rin olgandi. Qishdagi sovuq, qorda, yozdagi jazirama issiqda ham Forella xonim o'z o'g'lini mashg'uloti tugashini kutar, keyin esa ishga oshiqar edi.

Tottiga eng ko'p yangraydigan savollardan biri - Nega butun umringni, faoliyatingni "Roma"ga bahshida etgansan?
Franchesko bu savolga quyidagicha javob beradi: "Rim bu mening oilam, do'stlarim, men yoqtirgan insonlar joylashgan shahar. Men bu erni sevaman. "Roma" - bu sariq va qizil rang. "Roma" men uchun bu butun jahon. Bu shahar va klub mening hayotim".

Tottiga 2004-2005 yillarda "Real"dan ajoyib taklif tushadi. Jahonning eng yaxshi klublaridan biri Tottini o'z safiga chorlaydi. Bu kabi taklifga uncha-muncha futbolchi rad javobini berolmasdi. Hozirgi kunda esa bu ilojsiz. Lekin o'shanda Totti "Real"ning aqlbovar qilmas taklifini rad etadi. Tottiga kelgan bu taklifdan keyin "Roma" prezidenti Rim Imperatori bilan shaxsan suhbatlashadi. Lekin o'shanda oilamdagi suhbatni eslaydi va hayotidagi eng muhim joyni tashlab ketishga jazm etolmaydi.


Totti "Roma"ning asosiy tarkibida 1993 yildan buyon o'ynab keldi. Bu vaqt oralig'ida futbolchi "Roma" tarkibida 786 uchrashuvda maydonga tushdi hamda raqiblari darvozasiga 307ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Totti ko'plab sovrinlarni yutmagan bo'lishi mumkin, lekin Franchesko sovrindan ham qadrliroq va muhimroq bo'lgan ko'p millionlik rimlik ishqibozlarning yuragidan joy oldi.
Tottining bu sadoqati unga Rim Imperatori degan nomni hadya etdi.

Totti Rimda nafaqat buyuk futbolchi, balki katta shaxs sifatida chuqur hurmat qozongan.

Totti faoliyati davomida bir qator yutuqlarga ham erishgan.
Xususan "Roma" bilan 2001 yilda Italiya chempionligini qo'lga kiritgan. Italiya Kubogida ikki marta zafar quchgan. Italiya Superkubogini ham ikki bor qo'lga kiritgan. Italiya terma jamoasi bilan har bir futbolchi orzu qiladigan sovrinni egasiga aylangan. Totti Jahon chempioni sanaladi. 2006 yilda Germaniya bo'lib o'tgan mundialda Franchesko Totti "skuadra adzurra" bilan chempionlik shohsupasiga qadar chiqqandi.
Totti bir qator individual sovrinlar egasi ham sanaladi. Totti 4 bor (1998, 2000, 2003, 2004) Italiyada yil futbolchisiga aylangan. A Seriyada to'purarlik uchun berilgan "oltin butsa" ham Tottining muzeyidan 2007 yilda joy olgan.

Italiya hukumati Tottining futbolga qo'shgan xizmatlari uchun dastlab "Kavaler", keyin esa "Oficer" ordeni bilan taqdirlagan.


Tottining o'yin uslubi qanday bo'lgan?
Franchesko faoliyatining katta qismini hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi ortida o'tkazgan. Bu poziciyalarda Totti bir qator gollar urish bilan birgalikda, jamoaoshlarining ko'pgina gollariga assistentlik qilgan. Totti "Roma"da har doim himoyaviy harakatlardan ozod qilingan. Totti faqat jamoasining hujumdagi ishlariga javobgar bo'lgan. "Roma"da standart vaziyatlari Tottining bo'ynida bo'lgan. Penaltini ijro etish bo'yicha ham Totti yaxshigina mutaxassis hisoblanadi.
Tottining eng ustun taraflari - maydonni juda yaxshi ko'rish, to'p bilan yumshoq muomalada bo'lish va zambarakning o'qidek chiqadigan zarbasi.

Tottining murabbiylarga qiyinchilik tug'dirgan jihati - xarakteridagi og'irlik. Totti juda qaysar xarakterli futbolchi bo'lgan. Aynan shu xarakteri natijasida Tottining futbolchilik sifatlarini bazilariga putur ham etgan. Tottiga agar mashg'ulotlar yoqmasa, unda futbolchi bemalol mashg'ulotlarni tark etardi. Bundan esa murabbiylar juda ko'p aziyat chekishgan. "Roma"dagi ko'plab murabbiylar Tottining uslubiga moslashishiga to'g'ri kelgan.

Totti nafaqat Rim yoki Italiyada juda mashhur shaxs. Balki futbol olamida ham Tottini hurmat qilmaydigan va tanimaydigan inson yo'q.

Futbol afsungarlaridan biri Messi ham o'tgan yili Joan Gamper Kubogidan keyin Totti bilan tushgan suratini tagida: "BUYUK! G'aroyib futbolchi", deb izoh qoldirgandi.

Tottini ko'pchilik sadoqatli, matonatli va kuchli futbolchi sifatida biladi. Lekin uning sahiyligi, bag'rikengligi va hazilni yoqtirishini hamma ham bilmaydi.

Totti o'tgan yili yozda "Barselona" yuborgan Messini futbolkasini ham kim-oshdi savdosiga qo'yib, sotilgan pulini xayriya fondiga o'tkazib berdi.

Totti deganda nafaqat kuchli futbolchi, balki katta shaxs va futbol siymosi ko'z oldimizda gavdalanadi...

Totti butsasini mixga ildi, lekin ishonamizki, hali uning futbolda qiladigan ishlari juda ko'p...

U siz futbol zerikarli bo'lib qoladi.

Hozirgi zamonaviy futbolga aynan Totti kabi sadoqatli, sodiq futbolchilar zarur...

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика